Tekshiruvda AT “Xalq banki” Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan I.M. va Sh.Sh.lar joriy yilning 16-25 iyul` kunlari o'zlariga biriktirilgan 3 ta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 millian so'mni o'zlashtirib olganliklari aniqlangan.
Tekshiruv davomida etkazilgan zararning to'liq qoplanishi ta'minlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.