Narkokuryerning rejasi chippakka chiqdi
Bojxona organlari tomonidan olib borilayotgan qator tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari orasiga 23 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini yashirib olganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.