“Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qizg'in muhokama qilindi.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning muomalasi bilan bog'liq jinoyatlar soni ortib boryapti. Jumladan, bunday jinoyatlar soni 2019 yilda 23 tani tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilda ushbu   raqam 230 tani tashkil etib, jinoyatlar soni 207 taga ko'paygan. SHundan kelib chiqib, tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar bo'lgan dori vositalarining noqonuniy muomalasi uchun to'g'ridan-to'g'ri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Deputatlar mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini asrash, kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo'yish, bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta'minlashga xizmat qilishini e'tiborga olib, qonun loyihani ma'qulladilar.