Bu esa oʻz navbatida aholining yoʻnalishsiz taksilar xizmatiga boʻlgan ehtiyojini bir necha barobarga ortib ketishiga sabab boʻldi.
Aynan ushbu vaziyatni toʻgʻri baholagan holda, hamda karantin sharoitida odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini inobatga olib yoʻnalishsiz taksilar yoʻl haqqining maqbul tariflarda boʻlishini taʼminlash juda muhim. Biroq, afsuski soʻnggi kunlarda aynan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻl haqqining asossiz ravishda bir necha barobarga oshirib yuborganligi holati aholining haqli eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.
Bugungi sinovli kunlarda yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashish xizmatini koʻrsatayotgan uyushma va xususiy tadbirkorlik subyektlari vaziyatni toʻgʻri anglagan holda xalqimiz manfaati yoʻlida, yoʻlovchilar huquqlarni poymol etmagan holda faoliyat yuritishi, yoʻlkira narxlarining asossiz oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
Yoʻnalishsiz taksilar yoʻlkira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishi bilan bogʻliq vaziyatni nazoratga olish maqsadida Transport vazirligi, monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, davlat soliq qoʻmitasi va IIV YHXBB bilan hamkorlikda yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashish faoliyatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar va taksi buyurtma qilish boʻyicha interaktiv xizmatlar taqdim etuvchi agregatorlar ishtirokida videokonferens aloqa shaklida muloqot boʻlib oʻtdi.
Onlayn muloqotda tashuv faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar va agregatorlar yoʻnalishsiz taksilar yoʻlkira narxi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar tomonidan qatʼiy nazoratga olinishi, narxlarni asossiz ravishda oshirib yuborish holatlari boʻyicha esa keskin choralar koʻrilishi (tashuv faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning bekor qilinishi) yuzasidan ogohlantirildi.
Transport vazirligi tomonidan ushbu sohada xizmat koʻrsatuvchi integratorlarga (Yandex Taxi, My Taxi, Millennium Taxi, Easy Taxi) kunning tigʻiz vaqtida taksi xizmatiga boʻlgan talab keskin ortgan payt, xizmat tarifining avtomatik tarzda oshish funksiyasini oʻchirish boʻyicha koʻrsatma berildi. Ayni damda agregatorlar tomonidan tarifning koʻtarilish funksiyasi oʻchirildi.
Shuningdek, Transport vazirligi inspektorlari, monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, davlat soliq qoʻmitasi, sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi va IIV YHXBB xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruhlari tomonidan yoʻnalishsiz taksilar yoʻl kira narxining asossiz ravishda oshirib yuborish va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan karantin talablariga amal qilmasdan faoliyat yuritish holatlarining oldini olish maqsadida Toshkent shahrida maxsus reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga qadar aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan 25 ta yuridik shaxsga nisbatan 64 litsenziya kartalarini bekor qilish shaklida choralar koʻrildi. Ayni damda bu kabi reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shu oʻrinda Transport vazirligi tashuvchilarni va yoʻnalishsiz taksi haydovchilarini yana bir bor belgilangan karantin choralariga qatʼiy amal qilgan holda harakatlanishlarini va narxlarni asossiz ravishda oshirib yubormaslik yuzasidan ogohlantiradi.