Shuningdek;
— narxlarni asossiz ravishda oshirish;
— tovarlar, mahsulotlarni notoʻgʻri oʻlchash, notoʻgʻri tortish yoki xizmatlar koʻrsatmaslik;
— tovarlar, mahsulotlarni chek bermasdan sotish;
— xaridorga tovarning, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
— nosoz yoki tamgʻalanmagan tortish va oʻlchash priborlaridan foydalanish;
— yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish;
— polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno).
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 164-moddasida savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzishga oid javobgarlik belgilangan. Unga koʻra, tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitoblar shakliga qarab, ularning narxlarini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.