NASA SDO kosmik apparati Quyoshda kuchli plazma ajralib chiqqanini aniqladi. Olimlarning fikricha, bu jarayon Yerda muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Qayd etilishicha, Quyoshda yangi dog' paydo bo'lgan. Bu koinotga kuchli energiya va plazma chiqindilari chiqariladigan atmosferaning maxsus hududidir. Bu dog' AR3213 deb ataladi. Uning diametri 100 ming kilometr, ya'ni Yerning diametridan deyarli 10 baravar katta. Shu bois, 7 va 8-fevral kunlari ushbu hududda bir qator Quyosh chaqnashlari va tojdor massa ajralishi sodir bo'ldi.
Olimlarning fikricha, ana shular ta'sirida shu haftaning oxirida, ya'ni 11 yoki 12-fevralda Yerda o'rtacha quvvatli geomagnit bo'roni yuzaga kelishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.ru.