NASA kosmik apparati Yupiterning so'nggi suratlarini e'lon qildi

    NASAning Yunona kosmik kemasi Yupiterning yangi suratlarini yubordi. Ular, ehtimol, oxirgisi bo'lishi mumkin, chunki qurilmada texnik muammolar aniqlangan.

    Yunona sayyora bo'ylab 48-parvozini amalga oshirdi. Ammo yuzaga kelgan nosozliklar tufayli u rejalashtirilgan 214 ta rasmdan atigi 44 tasini olishga muvaffaq bo'ldi.

    Olgan barcha kadrlar kosmik kemaning Yupiter atrofida soatiga 200 ming kilometr tezlikda uchishi paytida olingan.

    Ushbu qurilma tufayli olimlar Yupiterda 79 ta sun'iy yo'ldosh borligini aniqlashdi. Ular orasida Io, Yevropa, Ganimed va Kallisto bor.

    Avvalroq Jeyms Uebb kosmik teleskopi Yupiterning ikkita yangi suratini olgandi, bu olimlarga sayyoradagi ichki hayot haqida yanada ko'proq ma'lumot beradi, deyiladi korrespondent.net saytida.