Qayd etilishicha, muvaffaqiyatga iyun oyi boshida erishilgan. Ushbu tajriba natijasida kislorod ishlab chiqarish ikki baravar oshirildi.
Ilgari MOXIE eksperimental asbobiga qo'yiladigan talab soatiga olti gramm kislorod ishlab chiqarish edi.
MOXIE (Mars Oxygen In-Situ Resource Utilization Experiment) 58 daqiqada taxminan 12 gramm kislorod ishlab chiqarish tezligiga erishdi, bu kutilganidan ikki baravar ko'p.
Qurilma Mars havosini rezervuarga kiritish va keyin elektrokimyoviy jarayon yordamida karbonat angidridning har bir molekulasidan kislorod atomini ajratib olish asosida ishlaydi, deb xabar beradi korrespondent.net.