Roʻziqul Berdiyev shogirdlari uchrashuvning birinchi boʻlimida urilgan 3 ta gol evaziga ushbu oʻyinda gʻalabani qoʻlga kiritdi. “Ajdar”lar ikkinchi boʻlimda ham bir qator hujumlar tashkil qilganiga qaramay, oʻyinning yakuniga qadar tabloda hisob boshqa oʻzgarmadi.
Mazkur gʻalabadan keyin “Nasaf” hisobidagi ochkolari sonini 6 taga yetkazib, guruhda birinchi oʻrinni egallab turibdi. Ikki oʻyinda bir durang, bir gʻalabani qoʻlga kiritgan “Oltin Asr” hisobida 4 ochko bor. Bunungi magʻlubiyatdan keyin “Xoʻjand” hisobida 1 ochko mavjud. “F” guruhida har ikki uchrashuvda magʻlubiyat alamini tatib koʻrgan “Oloy” jamoasi 0 ochko bilan oxirgi oʻrinda bormoqda.
“Nasaf” jamoasi keyingi uchrashuvni 20-may kuni “Oltin Asr” klubiga qarshi oʻtkazadi.