Aytilishicha, Superliga 2-davrasi oldidan “Nasaf” Gruziya milliy termasi a’zosi Jambul Jigauri bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. Futbolchi shu kunga qadar Gruziya, Makedoniya, Fransiya, Qozog‘iston jamoalarida o‘ynagan. 31 yoshli yarim himoyachi endi 2024 yilning yakuniga qadar qarshiliklar sharafini himoya qiladi.
Klubda boshqa o‘zgarishlar ham bor. O‘yin amaliyotini saqlab qolish uchun Aziz Xolmurodov va Nodirbek Mukarov “Turon” jamoasiga, Shahzod Akramov va Javohir O‘tamurodov “Olimpik” jamoasiga, Mahmud Jo‘raboyev esa “Buxoro” jamoasiga mavsum so‘ngiga qadar ijaraga berilgan.
Shuningdek, Shohmalik Komilov, Sardor Sadullayev, Azamat Soyibov va Muhammadjon Rahimov klub bilan kelishgan holda shartnomani bekor qilib, jamoani tark etgan.