Nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomi belgilandi

    Qonun (OʻRQ–1093-son, 03.11.2025-y.) bilan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.

    Mazkur Qonun bilan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagilarga qaratilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi:

    • nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini belgilash;
    • kitobxonlik madaniyatini ragʻbatlantirish.

    Qonun bilan kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bosh muharrir lavozimiga oliy maʼlumotga va noshirlik faoliyatida kamida 3-yil ish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi.

    Bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

    Nashriyot nashrlarini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.