Unda senatorlar, IIV tizimi rahbar xodimlari, xalq deputatlari viloyat Kengash deputatlari, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash, Adliya, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim vazirliklarining viloyatdagi boshqarmalari masʼullari, shuningdek hududdagi bir qator davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda xotin-qizlar orasida kambagʻallikni qisqartirish, xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar, ularni oliy taʼlimga qamrab olish, inqirozga qarshi mablagʻlar hisobidan manzilli ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalari keng muhokama qilindi.
Yigʻilishda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish hamda ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, oʻtgan vaqt davomida “Ayollar daftari”dagi huquqiy yordamga muhtoj 1 625 nafar ayoldan 650 nafariga bepul huquqiy maslahat, joriy yilning 6 oyi davomida esa, 1 600 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgani aytib oʻtildi.
Jumladan, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi mavzuga kengroq toʻxtalib, 1 600 nafar ayoldan 251 nafariga oiladagi munosabatlar sabab himoya orderi berilgani maʼlum qildi.
Shuningdek, tadbirda erishilgan natijalar bilan birga kelgusida qilinishi lozim boʻlgan bir qator vazifalar ham oʻrtaga tashlandi. Jumladan, hududlarda xotin-qizlarning maʼnaviy -axloqiy tarbiyasi buzilishini oldini olish, ajrimlarning sonini kamaytirish va oldini olish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari ustuvor ekanligi taʼkidlandi.
Tadbir soʻngida respublikamizda olib borilayotgan gender tenglik siyosatiga oid savollar oʻrtaga tashlanib, yetarli javoblar qaytarildi. Shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi deputatlari qonunlarning ijro etilishi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonun osti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Shundan soʻng qoʻmita raisning viloyatdagi olima ayollar, davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va tadbirkor ayollar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ishtirokchilarning bu bordagi fikrlari, takliflari va muammolari tinglanib, muhokama qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.