Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini va kelgusida transport hamda yuk tashuv loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama etish maqsadida tashkillashtirildi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining faoliyati va vazifalari, shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlar va investorlar uchun ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.
Oʻz navbatida, chet ellik mehmonlar “National Logistics Corporation” kompaniyasi toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazib, kompaniya faoliyati va afzalliklari haqida batafsil maʼlumotlar berdi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida kompaniya vakolatxonasini ochish niyatini bildirdi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.