NATO neft quvurida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Turkiyadagi ko'lni mazut qopladi

    NATO neft quvuridagi halokatdan so'ng Turkiya g'arbidagi Sapanja ko'lida qalin mazut qatlami hosil bo'ldi. Bu haqda Milliyet gazetasi xabar berdi.

    “Mazut sizib chiqishi Kojaeli viloyatida yo'l ishlari chog'ida NATO neft quvuri tarmog'ining teshilishi oqibatida 4-5 million kishini chuchuk suv bilan ta'minlovchi Sapanja ko'liga yonilg'i quyilishi tufayli yuzaga kelgan”, deyiladi gazeta xabarida.

    Rasmiylar suzuvchi to'siqlarni o'rnatish orqali halokat oqibatlarini bartaraf etishga kirishishdi. Mahalliy suv va kanalizatsiya boshqarmasi ko'lning ifloslangan qismi suv olish joylaridan uzoqda joylashganini ta'kidlashdi.

    Turkiya bo'ylab yotqizilgan uzunligi 3 ming kilometrdan ortiq bo'lgan NATO neft quvuri Turkiya qurolli kuchlari va NATO kuchlarining ehtiyojlarini qondiradi, deb xabar beradi report.az.