Unda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida irodali gʻalaba qozondi.
Maydon egalari safida gollarga Oston Oʻrunov va Abdi (avtogol) mualliflik qildi. Mehmonlarning goli esa Muhammadrizo Ozodi nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Navbahor" 3-turdan keyin D guruhida 7 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi.
Uchrashuvdan soʻng mezboshlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etib, "Bugun "yangi Navbahor" tugʻildi, deb oʻylayman. Bu jamoa kurashishni va gʻalaba qozonishni xohlaydi.
Birinchi navbatda, yigitlarni tabriklamoqchiman, ular bugun iroda, gʻalabaga boʻlgan chanqoqlikni koʻrsatishdi. Qaytaraman, bugun "yangi Navbahor" dunyoga keldi. Chempionlar ligasida oddiy oʻyinlar boʻlmaydi. Har bir jamoa ochko ishlash uchun maydonga tushadi. Bugun gʻalabaga munosib edik va bu mehnatlarimiz samarasi", dedi.