Yaqinda “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezidentimiz kelajakda bu akademiyada dunyoning «top« klublarida oʻynaydigan, jahon chempionatlarida oʻz mahoratini namoyon qiladigan koʻplab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Yigʻilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribalari koʻrib chiqildi.