Iordaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ayollar o'rtasidagi final bahsida 66 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan samarqandlik bokschi Navbahor Hamidova oltin medalni qo'lga kiritdi.

U finalda Janubiy Koreya vakilasi Choi Xongeunga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.