Olib borilgan ijro harakatlari natijasida, qarzdorning tegishli hisobraqamiga band solinib, qarzdorlikni undirish uchun elektron shaklda majburiy inkasso topshiriqnomalari qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning talabiga koʻra, koʻrilgan choralar natijasida 30.07.2020-yilda qarzdordan 300 mln. 722 ming soʻm qarzdorlik undirilib, soliq organining tegishli hisob raqamiga koʻchirib berildi.

Bunday toifadagi undiruvlar boʻlim tomonidan karantin davrida qatʼiy nazoratga olingan.