Navbahor tuman hokimi Lochin Obloqulov, Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqovlarga tumanning nuroniy-faxriy otaxonlari, ziyo ulashishdek savobli ishga hissa qoʻshishayotganini va boshlagan ezgu amallari xayrli boʻlishi tilashdi.
Kelgusida, ushbu tumanda ham zamonaviy koʻrinishdagi barcha qulayliklarga ega tarixiy, huquqiy va badiiy yoʻnalishdagi adabiyotlar bilan boyitilgan, yuqori tezlikdagi internet va zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron oʻquv qurilmasi hamda “Book cafe”, bepul WiFi tizimi bilan taʼminlan kutubxonaga ega boʻlishadi.
Mazkur “Isteʼmolchilar uyi” va “Isteʼmolchi kutubxonasi” joriy yil yakuniga qadar qurilib, foydalanishga topshirilishi maqsad qilingan.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiya
matbuot xizmati