Viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu holat shu yilning 14-fevral kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi 25-DMTT da sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, tarbiyalanuvchiga qoʻl koʻtargan tarbiyachi G.A ning ishi Jinoyat ishlar boʻyicha Jomboy tuman sudida koʻrib chiqilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Shuningdek, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan.