Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, respublikamiz viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, qabullarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Xalq taʼlimi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Mazkur qabullar joriy yilning 18-24-may kunlari Toshkent viloyati boʻlib oʻtadi.
Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.
Toshkent viloyatida oʻtkaziladigan ommaviy sayyor qabullar joyi
|
Aholi keladigan hududlar nomi |
Sayyor qabul oʻtkaziladigan joy |
Sana va vaqti |
|
Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Parkent, Nurafshon sh. |
Bektemir tumani, Bektemir shoh koʻchasi, Toshkent viloyati Xalq qabulxonasida |
18-may soat 10:00 dan |
|
Boʻka, Bekobod, Piskent Bekobod sh. |
“Boʻston” MFY hududida joylashgan “Yoshlar” bogʻi |
19-may soat 10:00 dan |
|
Quyi Chirchiq, Chinoz, Oqqoʻrgʻon |
“Beruniy” MFY hududida joylashgan Madaniyat uyida |
20-may soat 10:00 dan |
|
Zangiota, Toshkent, Yangiyoʻl, Yangiyoʻl sh. |
Nazarbek, Temiryoʻl sanatoriyasida |
21-may soat 10:00 dan |
|
Ohangaron sh., Olmaliq sh., Angren sh., Ohangaron |
Xolmuxamedov koʻchasida joylashgan “Ohangaron” madaniyat va istirohat bogʻida |
23-may soat 10:00 dan |
|
Boʻstonliq, Qibray, Chirchiq sh. |
“Xojikent” MFY, “Xojikent” pansionatida |
24-may soat 10:00 dan |