Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, respublikamiz viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, qabullarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Xalq taʼlimi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.

Mazkur qabullar joriy yilning 18-24-may kunlari Toshkent viloyati boʻlib oʻtadi.

Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Toshkent viloyatida oʻtkaziladigan ommaviy sayyor qabullar joyi

 

Aholi keladigan

hududlar nomi

Sayyor qabul

oʻtkaziladigan joy

Sana va vaqti

Oʻrta Chirchiq,

Yuqori Chirchiq,

Parkent, Nurafshon sh.

Bektemir tumani, Bektemir shoh koʻchasi, Toshkent viloyati Xalq qabulxonasida

18-may

soat 10:00 dan

Boʻka,

Bekobod, Piskent Bekobod sh.

“Boʻston” MFY hududida joylashgan “Yoshlar” bogʻi

19-may

soat 10:00 dan

Quyi Chirchiq,

Chinoz, Oqqoʻrgʻon

“Beruniy” MFY hududida joylashgan Madaniyat uyida

20-may

soat 10:00 dan

Zangiota,

Toshkent, Yangiyoʻl, Yangiyoʻl sh.

Nazarbek, Temiryoʻl sanatoriyasida

21-may

soat 10:00 dan

Ohangaron sh., Olmaliq sh., Angren sh., Ohangaron

Xolmuxamedov koʻchasida joylashgan “Ohangaron” madaniyat va istirohat bogʻida

23-may

soat 10:00 dan

Boʻstonliq,

Qibray, Chirchiq sh.

“Xojikent” MFY, “Xojikent” pansionatida

24-may

soat 10:00 dan