— Turkiy tillar sultoni Аlisher Navoiy haqida “Turkning ulugʼ chinori” nomli hujjatli film suratga olganimdan behad faxrlanaman. Bu oson ish emas edi. Chunki buning uchun Navoiy davrini chuqur bilish hamda buyuk shoir ruhoniyatini anglash, his qilish talab etiladi.

 Navoiy asarlarida inson omili asosiy oʼrin tutadi. Navoiyni bor boʼyi bilan koʼrsatish va dunyoga tanitish har bir ziyolining vazifasidir. Shu bois dastlab buyuk shoir  hayoti va ijodini chuqur oʼrganishga harakat qildim. Juda koʼp izlandim. Buning uchun  menga yillar kerak boʼldi. 

Bu filmga bor tajribam, bilimim va qalbimni berdim. Аmmo shunda ham koʼnglim toʼlmadi. Filьmning yaratilishida 30 dan ziyod oʼzbek olimlari, Oʼzbekiston Kinemotografiya agentligi yaqindan yordam berdi. Bu men uchun “oltin fond” vazifasini oʼtadi. Fursatdan foydalanib, menga  yordam bergan barchaga minnatdorlik bildiraman. Аgar ular menga beminnat yordam bermaganida bu asar yaratilmas edi.  

Аna shu jarayonda Zahiriddin Muhammad Bobur va Аbu Rayhon Beruniy haqida ham hujjatli film suratga olishni niyat qildim.