Navoiy issiqlik elektr stansiyasi energoblokida kapital taʼmirlash ishlari yakunlandi

    Energetika 22 Oktabr 2021 1383

    “Navoiy IES” 12-sonli energoblokida qariyb 3 oy davom etgan hamda 400 dan ortiq ishchi-xodimlar ishtirok etgan taʼmirlash ishlari yakunlandi.

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida oʻtkazilgan taʼmirlash tadbirlari davomida 12-qozonning ekran quvurlari toʻliq yangilandi, bugʻ paket quvurlari almashtirildi, qozon mexanizmlari, armaturalari joriy taʼmirdan chiqarildi. Shuningdek, 12-turbina generatorining yuqori, oʻrta va past bosimli silindrlari, podshipniklari kapital taʼmirdan oʻtkazildi, blokda mavjud boʻlgan barcha nasoslar toʻliq taʼmirlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ maʼlumotiga tayanib.

    – Yakunlangan kapital taʼmirdan koʻzlangan asosiy maqsad – energoblokning aktiv quvvatini nominal qiymatgacha yetkazish hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yoqilgʻi sarfini kamaytirishdan iborat, – deydi qozon turbina sexi boshligʻi X.Xushvaqtov.