Bundan tashqari, viloyatlar hokimliklari tomonidan jami 2,5 milliard dollarlik farmatsevtika loyihalari bo‘yicha takliflar tayyorlangan. Ushbu loyihalar hisobiga yiliga 1 milliard dollarlik import o‘rnini bosuvchi dorilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin. 

Misol uchun, Andijonda 203 million dollarlik 16 ta loyiha amalga oshirish reja qilingan. Jumladan, 30 million dollarlik loyihada O‘zbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albuminini ishlab chiqarishni boshlash ko‘zda tutilmoqda. 

Sirdaryoda ham bu yil 188 million dollarlik loyihani ishga tushirib, birgina Afg‘onistonning o‘ziga 50 million dollarlik dori vositalarini eksport qilish rejasi bor. 

Lekin Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo hokimlari taklif qilayotgan loyihalar 100 million dollarga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Taqdim qilingan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini o‘rganib, amalga oshirish choralarini ko‘rish topshirildi. Mutasaddilarga past quvvatda ishlayotgan yoki mulki bank balansiga olingan korxonalarni sog‘lomlashtirish dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi