Navoiy shahrida 250 kishiga moʻljallangan shifoxona qurilmoqda

    Urbanizatsiya 19 Noyabr 2020 1953

    Navoiy shahri hokimi M.Bazarov shaharning “Kimyogar” mahallasida bunyod etilayotgan 3-oilaviy poliklinika binosining qurilishi va bunyodkorlik jarayonlari bilan tanishdi.

    Taʼkidlash joizki, 250 qatnovga moʻljallangan mazkur muassasa uchun joriy yilning boshida binokorlik ishlari boshlangan edi. Ayni paytda qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlanish arafasiga keldi. Mazkur bino joriy yilning yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

    Shahar hokimi quruvchilar bilan muloqot qilar ekan, sifat va muddatga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi. Zero, ertaga bu dargoh xalq salomatligini mustahkamlovchi, aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatuvchi majmuaga aylanadi.