Shahar aholisi va mehmonlari maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha qulayliklarga ega "Ilm-ma'rifat bog'i" barpo etildi.

Mazkur istirohat bog'idagi turli ko'rinishdagi dekoratsiyalar, zamonaviy tipdagi tungi yoritgichlar, anvoyi gullar kishi bahru dilini ochadi. 

Oldinlari  bu joy e'tibordan biroz chetda edi. Shahar hokimligining sa'yi-harakatlari bilan bugun bu go'sha betakror go'zallik kashf etmoqda. Istirohat bog'i yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.