«Sichuan provinsiyasi Kommunistik partiya qoʻmitasi kotibi Van Syaoxuey janoblari bilan uchrashishdan xursandmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Oʻzbekiston va Xitoy hududlari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri sheriklik aloqalari rivojlanayotgani ikki Davlat Rahbarlari tomonidan belgilangan yuqori marralarga erishishda yuksak samara koʻrsatmoqda. Bugun biz Navoiy shahrida Navoiy — Sichuan sanoat parkini tashkil etishga kelishib oldik. Ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi yanada qizgʻin va muntazam aloqalarni qoʻllab-quvvatlash, kompaniyalarning bozorlarimizda faoliyat yuritishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, doimiy almashinuvni taʼminlash, yangi istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi mavzular kun tartibimizdan joy oldi«.
Navoiy shahrida Navoiy - Sichuan sanoat parki tashkil etiladi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Sichuan provinsiyasi Xitoy Kommunistik partiya qoʻmitasi kotibi bilan uchrashdi.
Şerzod Şermatov: «Hozir maʼlumotlar tarqalmagani ertaga ham bunday holat bölmasligiga kafolat emas»
- Energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş oqibatida davlatga 900 mlrd sömdan ziyod zarar yetkazilgan
- Dunyo onalari tuğruqni qanday baholaydi?
- Yonğin xavfsizligi talablarini buzganlik uçun javobgarlik çoralari belgilandi
- Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryodagi açinarli ahvolga kelib qolgan maktab va boğçani borib kördi
- Buxoro viloyati hokimiga örinbosar tayinlandi