Mazkur korxona mahalliy xom ashyodan zamonaviy va kompozit qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Korxona faoliyatini boshlashi munosabati bilan 50 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Loyihaning umumiy qiymati 1,5 milllion AQSH dollari boʻlib, uning 1,2 million AQSH dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tashkil etadi. 0,3 million AQSH dollari esa korxonaning oʻz mablagʻlari hisoblanadi.
Loyihaning umumiy yillik quvvati 500 ming metr kvadrat kompozit tosh plitalari (aglomerat), 13 ming tonna quruq qurilish qorishmalari, 1000 metr kvadrat qayta ishlangan sunʼiy va tabiiy tosh mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan. Xorijiy investor - CENTURY CREDIT ENTERPRESES LTD (Kanada) hisoblanadi.
Korxonaning ochilish marosimida Navoiy shahar hokimi M.Bazarov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.
Loyiha tashabbuskori tomonidan korxonaga xorijdan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatildi.
Endilikda mazkur korxonasi tomonidan bunyodkorlik uchun muhim boʻlgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Joriy yil yakuniga qadar korxonaning ikkinchi bosqichi ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan.