Navoiy shahrida “Yoshlar va ayollar daftari”ni muvofiqlashtiruvchi shtab ish boshladi

    Navoiy shahar hokimligida “Yoshlar va ayollar daftari”ni muvofiqlashtiruvchi Navoiy shahar shtabi tashkil etildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

    Maʼlum qilinishicha, bugun shtab aʼzolari hamda tegishli masʼullar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va koʻrsatmalar berilgan.

    Taʼkidlash joizki, “yoshlar daftari”ga har bir sektor hududi kesimida istiqomat qilayotgan, 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, “ayollar daftari”ga esa 30 yoshdan oshgan ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga, bandligini taʼminlashga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan ishsiz yoshlar, xotin-qizlar kiritiladi.

    Yigʻilishda uyma-uy yurish orqali yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilib, ularning ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlab, bu borada anketa soʻrovnomasida qayd etib borish yuzasidan aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan.