Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi. 

Hodisa kecha, 18-fevral kuni soat 20:30larda sodir boʻlgan. Karmana tumanida yashovchi, 1969-yilda tugʻilgan Sh.T. 3 yoshli nabirasi A.S. bilan Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasiga borgan. Ular savdo majmuasining 5 va 4-qavat oraligʻidagi eskalatorda muvozanatni yoʻqotib, 1-qavatga tushib ketgan. Fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan A.S. esa viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.