Maktabga tashrif davomida viloyat hokimi oʻquvchi-yoshlarga kitoblar jamlanmasini tuhfa qildi.
Maktabning pedagoglar jamoasi bilan suhbatda esa, maktab- oila - mahalla uchligi faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, maktab muammosiga birinchi darajali masala deb qarash lozimligi, maktab – faqatgina taʼlim beradigan maskan emas, barchamiz uchun yuksak maʼnaviyat beshigiga, farzandlarimizni bolalikdan boshlab kasbga oʻrgatuvchi dargohga aylanishi zarurligi taʼkidlandi.