Bugun joylarda viloyat hokimliklari tomonidan ana shu tashabbusni hayotga tatbiq etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Navoiy viloyatida ham soʻnggi yillarda maktablarni rivojlantirish uchun 30 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilganining natijasini viloyatdagi maktablarning respublika miqyosida koʻrsatayotgan natijalari misolida ham koʻrish mumkin.
Bugungi kunda viloyatdagi bitiruvchilarning OTMga kirish koʻrsatkichi eng yuqori natijani qayd etgan.
Viloyatda maktablarni moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ularda zamonaviy taʼlim olish uchun sharoitlarni yaratish, maktablar sport zallarini zaruriy sport inventarlari, tibbiyot xonalari, kompyuter texnikalari bilan taʼminlash doimiy tarzda amalga oshirilmoqda.
Maktablarni zamonaviy jihozlash, joriy taʼmirlash, issiq suv bilan taʼminlash, tuman maktablaridagi mavjud burjuyka pechlari oʻrniga zamonaviy isitish tizimi va isitish qozonlari oʻrnatish, qoʻshimcha oʻquv binolari qurib berish, xalq taʼlimi boʻlimlarini avtomashinalar bilan taʼminlash hokimlikning doimiy diqqat markazidagi masalalardan boʻlib kelmoqda. Umumtaʼlim maktablari doimiy ravishda adabiyotlar va badiiy asarlar bilan taʼminlanmoqda.
Viloyatda eng yaxshi natija koʻrsatayotgan fidoiy oʻqituvchilarni uy bilan taʼminlash boʻyicha ham rejalar belgilangan.

Navoiy viloyatida Xalq taʼlimi tizimiga koʻrsatilayotgan eʼtiborni eʼtirof etgan holda, Viloyat hokimi Kobul Tursunovga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Xalq taʼlimi homiysi” koʻkrak nishoni topshirildi.
Viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilgan bu kabi ishlar oʻqituvchilarning nufuzini oshirish bilan bir qatorda viloyatda taʼlim sifatini bundan-da yuqori choʻqqilarga olib chiqadi, deb ishonamiz.