Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida eng yirik avtomobil korporatsiyasi boʻlgan “Kamaz” zavodida boʻldi.
Jarayonda kompaniya boshqaruvi raisi oʻrinbosari Л.Хурматуллина va maslahatchisi А.Евграфов boshchiligidagi kompaniya vakillari bilan muzokaralar ham olib borildi.
Delegatsiya tashrifidan asosiy maqsad Rossiya Federatsiyasida yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash masalalarini muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Samara viloyati va Tatariston Respublikasi Kazan shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishib, tajriba almashadi.