Navoiy viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

    Mamlakatimizda 12 Oktabr 2020 1483

    Bekzod Nuriddinovich Bobomurodov Navoiy viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    U bugungi kungacha «Qishloq qurilish invest» MCHJ injinering kompaniyasi Navoiy viloyat filiali direktori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

    Bekzod Bobomurodov 1983-yilda Qiziltepa tumanida tugʻilgan.

    U Tojikiston Respublikasi Xoʻjand davlat universiteti va Toshkent Moliya institutini tamomlagan.

    Mehnat faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi raisi, Navoiy viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi direktori kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.

    Maʼlumot oʻrnida: 2015-yildan buyon mazkur lavozimda Komiljon Rasulov ishlab kelayotgandi.

    Abduvali Boʻriyev