Navoiy viloyati IT sohasiga mutaxassis yetkazish boʻyicha yana yetakchi!

    Raqamlashtirish 18 Iyul 2021 769

    9-iyulda “IT PARK” tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida taʼlim olayotgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar tahlili amalga oshirildi.

    Tahlil natijalariga koʻra 2021-yil 24-iyun holati boʻyicha respublikada jami 461 730 nafar tinglovchi uzbekcoders.uz portalida roʻyxatdan oʻtgan, shu jumladan: Ishtirokchi sertifikatini olganlar soni – 245 164 nafar va bitiruvchi sertifikatini olganlar soni -245 164 nafar va bitiruvchi sertifikatini olganlar soni -175 913 nafarga yetgan.

    Bitiruvchi sertifikatini olganlar soni boʻyicha Navoiy - 49 813 nafar bilan viloyatlar orasida eng yaxshi koʻrsatkichni koʻrsatgan, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.

    2 oʻrinda 17 637 nafar bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    3 oʻrinda 16 560 nafar bilan Fargʻona viloyati.