Bu haqda 16-dekabr kuni Navoiy viloyati IIBning barcha shaxsiy tarkibi bilan oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Yigʻilishda joriy yilning 10 oyi mobaynida Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlar tomonidan 93 ta turli xildagi salbiy holatlar sodir etilgan boʻlib, 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatilgani ham aytildi.
Shuningdek, barcha rahbarlarga qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibni kunlik nazorat qilish jarayonida har bir xodimga individual tarzda yondashishlari, ularning xizmat faoliyati, ijtimoiy-oilaviy ahvoli, ruhiy-psixologik holatini inobatga olgan holda vazifa va topshiriqlar berilishi va har bir rahbar oʻz qoʻl ostidagi xodimlariga javobgar ekanligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlarini xalqchil va professional tuzilmaga aylantirish borasida ijobiy ishlarni jadallashtirish, xodimlarni jangovar va jismoniy shayligini, bilim darajalarini yanada oshirish maqsadida qator chora-tadbirlar belgilab berildi.