Tezkor tadbirda fuqaro S.N. fuqaro R.dan 548 gramm sof qo'yma oltinni 328,5 million so'mga, fuqaro B. dan 1,7 kg sof quyma oltinni 1,7 milliard so'mga xarid qilib, Navoiy-Samarqand yo'nalishida “Nexia-2” rusumli avtotransport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida ushlangan.
Tadbir yakunida undan jami 2,3 kg sof quyma oltin parchalari ashyoviy dalil sifatida olib qo'yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.