Bugun mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosini viloyatda namunali tashkil etganligi uchun bir guruh tuman, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmalari rahbarlari Navoiy viloyat hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat Kenshgashi raisi Q.Tursunovning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari oʻrinbosari M.Quronov, viloyat hokimi oʻrinbosari Ya.Dushanov, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari A.Muqimovlar ishtirok etib, sovgʻalarni oʻz egalariga topshirdi.

Tadbir soʻnggida Karmana tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbari B.Savurov oʻzi qatorida taqdirlangan tuman, shahar boʻlinmalari rahbarlari nomidan bugungi eʼtibor va eʼtirof uchun viloyat hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat Kengash raisi Q.Tursunovga samimiy minnatdorchilik bildirdi va kelgusi faoliyatida ushbu bildirilgan ishonchni oqlashda yanada hamjihatlikda sadoqat bilan faol ish olib borishini aytib oʻtdi.