Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Karmana tumani “Talqoq” MFY hududida “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligida qurilayotgan 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining ikkinchi qavati “G” oʻqining uchinchi hamda toʻrtinchi qatorlaridagi gʻisht terish ishlari va beton oʻzaklar sifatsiz hamda loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarliklar sabab inspeksiya xodimlari tomonidan obyektda qurilish ishlari vaqtinchalik toʻxtatildi hamda sifatsiz bajarilgan ishlar joyida buzdirildi.