Termizdagi yangi qurilgan uyning tashqi devor yon tomoni kuchli shamol taʼsirida koʻchib tushdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Termizdagi yangi qurilgan domning devori shamoldan koʻchib tushdi” mavzusidagi video tarqaldi.

    Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur holat nazoratga olindi, deya xabar beradi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati.

    Maʼlumot uchun, Termiz shahri “Guliston” MFY hududidagi 5 qavatli 20 xonadonli turar joyning tashqi devor yon tomonidan 35-40 metr-kvadrat qismi kuchli shamol taʼsirida koʻchib tushgan.

    Hozirda buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Termiz qurilish industriya sanoat” IK tomonidan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha kerakli qurilish materiallari olib kelingan va tegishli ishlar olib borilmoqda.