O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2021 yildagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy viloyatida ishchi guruhlar tuzilgan.

Viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov Xatirchi tumanining  “Nayman” va  “Galabek” mahallalariga borib, dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastur doirasida joriy yilda tumandagi 56 ta mahallalarga 111 mlrd. 682 mln. so'm pul mablag'i ajratilgan. 

Hozirgi kunga qadar 68 mlrd. 462 mln. so'mlik qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Viloyat prokurori tomonidan qurilish-ta'mirlash ishlarini sifatli, belgilangan muddatlarda yakunlash bo'yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.