Navoiy viloyatida yirik shamol elektr stansiyasi barpo etiladi

    Energetika 11 Noyabr 2022 2116

    Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilyapti.

    2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur elektr stansiyasi orqali yiliga 1 milliard 800 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 million kub/metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

    Ushbu mega loyihaning umumiy qiymati 600 million dollarni tashkil etib, yuz foiz xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.

    Ahamiyatlisi, stansiya qurilishi davomida 800 nafargacha va ishga tushgandan soʻng 30 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi.

    Eslatib oʻtamiz, ushbu yirik loyiha Prezidentimizning 2020-yil 22-dekabrdagi qarori asosida amalga oshiriladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.