Navoiy viloyatiga yangi sud raisi tayinlandi

    Mamlakatimizda 23 Yanvar 2021 3262

    Navoiy viloyati hokimligida oʻtkazilgan tashkiliy yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi raisi X.Yodgorov ishtirok etdi.

    Viloyatdagi huquq-tartibot organlari rahbarlari, viloyat faollari, nuroniylar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan yigʻilishda Hamidulla Nasimovich Qudratovning Navoiy viloyat sudining raisi etib tayinlanganligi maʼlum qilindi.

    H.Qudratov tizimdagi mehnat faoliyatini 1987-yilda Toshkent shahri Olmazor tumani sudi raisi sifatida boshlagan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida Toshkent shahar sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy hamda Oliy sudlari sudyasi, Toshkent harbiy okrug harbiy sudining sudyasi lavozimlarida ishlagan.

    H.Qudratov 2011-yildan bugunga qadar Jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan.