Navoiy viloyatining 30ta maktabi bitiruvchilari 100 foiz talaba boʻldi

    Ta'lim 5 Sentabr 2021 4950

    Navoiy viloyat hokimligi va viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasining “Oʻzbekiston mustaqilligi 30 yilligiga 30 ta maktab” shiori ostida umumtaʼlim maktablarining 30 tasida bitiruvchilarning toʻliq oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari haqidagi tashabbusi eʼlon qilingan edi.

    Dastlabki natijalarga koʻra bugungi kunda 30 ta umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari toʻliq (100%) oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati. Shuningdek, xabar orqali bitiruvchilari toʻliq OTMlarga qabul qilingan maktablar roʻyxati tumanlar kesimida keltiriladi:

    - Navoiy shahrida 1 ta Navoiy - Qorakoʻl maktab-internati;

    - Nurota tumanida 8 ta 16-, 17-, 28-, 37-, 39-, 44-, 47-, va 52-maktablar;

    - Xatirchi tumanida 5 ta 29-, 47-, 62-, 82- va 88-maktablar;

    - Uchquduq tumanida 5 ta 2-, 6-, 8-, 11-va 14-maktablar;

    - Tomdi tumanida 3 ta 1-, 4- va 17-maktablar;

    - Karmana tumanida 2 ta 24- va 29-maktablar;

    - Qiziltepa tumanida 2 ta 16- va 40-maktablar;

    - Gʻozgʻon shahrida 1 ta 3-maktab;

    - Zarafshon shahrida 1 ta 5-maktab;

    - Navbahor tumanida 1 ta 23-maktab;

    - Konimex tumanida 1 ta 21-maktab.