Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Holat Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganildi.
Oʻrganish davomida Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasining AMMIOʻZ va ChQKB xodimlari, Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasi hamda "Navoiyazot" AJ markaziy laboratoriyasi xodimlari tomonidan "Navoiyazot" AJ sanitar himoya zonasi atrofidan olingan tahlil natijalariga koʻra atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori meʼyordan yuqori ekanligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan A.J maʼmuriyatiga tegishli tartibda majburiy koʻrsatmalar berildi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, "Navoiyazot" A.J hududida tekshiruvlarni oʻtkazish va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakiliga kelishilgan holda tekshiruvlarni oʻtkazish boʻyicha toʻplangan hujjatlar taqdim etishga tayyorlanmoqda.
Oʻrganish ishlari yakuni bilan qoʻshimcha axborot berishimizni maʼlum qilinadi.