Mazkur murojaatda tanishi – 1981-yil Nurota tumanida tugʻilgan, ayni paytda tumandagi “Qizilcha” QFY, “Qoʻshquduq” qishlogʻida yashovchi Oʻ.Yu. bilan ogʻzaki kelishuv tuzib, umumiy narxi 54 million 800 ming soʻmlik 137 bosh mayda shoxli mollarini topshirganini aytgan.
Biroq, oradan 3 yil vaqt oʻtib, Oʻ.Yu. oʻzlashtirish yoʻli bilan mollarni oʻz hisobiga talon-toroj qilganini, na pulni, na mollarni qaytarayotganini maʼlum qilgan. Nurota tumani IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan qoidabuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Taassufki, baʼzi fuqarolardagi huquqiy madaniyatning sayozligi, ularning firibgarlar tuzogʻiga tushishiga sabab boʻlmoqda. Zero, qonunni bilmaslik, inson huquqlari poymol etilishining bosh omilidir.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati