Anjumanda Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Sunnatulla Nazarov 2023-yilning 9 oyi davomida viloyat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, 2023-yilning 3-choragi yakuni bilan viloyat byudjet daromadlari prognozi va mahalliy byudjet daromadlari prognozi, soliq tekshiruvlari va asosiysi, soliq yukining kamaytirilishi, soliq toʻlovchilarga joriy etilayotgan yangi imtiyozlar, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
– Joriy yilda viloyatimiz byudjet daromadlari prognozi 1 trillion 972 milliard 374 million 800 ming soʻm etib belgilangan. Joriy yilning 3-choragi yakuni bilan belgilangan prognoz rejalarining 74,2 foizi bajarildi, — deydi Sunnatulla Nazarov. — “Soliqchi – koʻmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga huquqiy koʻmak berish, faoliyatini tiklashi uchun munosib yordam koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarini ortiqcha xarajatlar va qonun buzilishlaridan saqlash maqsadida ularning 788 tasiga hisobotlarini toʻldirish va topshirishga koʻmaklashildi. Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining 212 tasiga faoliyat turidan kelib chiqib, optimal soliq rejimi tanlab berildi. Aylanma mablagʻga muhtoj boʻlgan 16 ta tadbirkorlik subyektlariga 2 120,0 million soʻm kredit olinishiga koʻmaklashildi. 2023-yil 1-oktyabr holatiga viloyatimizda 6246 ta qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari mavjud boʻlsa, 2023-yil 9 oy yakuni bilan 402 ta QQS toʻlovchilarga 143 milliard 774 million 500 ming soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻidan salbiy farq summasi ularning hisob raqamiga qaytarib berildi. Natijada tadbirkorlarning aylanma mablagʻlari yana ortishiga imkoniyat yaratildi.
Shuningdek, anjumanda viloyat soliq boshqarmasi xodimlari Sobirjon Namozov, Muhammadjon Abdullayev va Fazliddin Bozorovlar ham soʻzga chiqib, qonunchilikda belgilangan yangi soliq imtiyozlarining xalqimiz uchun qulay imkoniyatlar yaratayotganligi, mahallalarda “mahallabay” ishlash tizimining keng joriy etilayotganligi, kameral nazorat tizimi, savdolarda xarid cheki va keshbek olish tartiblari xususida toʻxtalib oʻtishdi.