Kuni kecha viloyat hokimining o'rinbosari B.Bobomurodov “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar haqida axborot berdi.

2021 yilda Navoiy viloyati tuman (shahar)larida 265 ta mahallaning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish bo'yicha jami 985,4 milliard so'mlik ishlar bajariladi.