Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi, prokuratura, IIB hamda Milliy gvardiya masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan ohak pishirish xumdonlari faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish davomida Karmana tumani “Yangiariq” MFY hududidagi ohak pishirish xumdonlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilganligi aniqlandi.
Shuningdek, hududlardagi ohak pishirish xumdonlari xatlovdan oʻtkazilganda Karmana tumanida bir nechta ohak ishlab chiqarish sexi noqonuniy tarzda faoliyat yuritib kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Belgilangan talablar bajarilmagani uchun Karmana tumanidagi “Yangiariq” MFY hududida faoliyat olib borayotgan 36 ta noqonuniy ohak pishirish xumdonlari buzib tashlandi.
Oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda va noqonuniy faoliyat yuritayotgan boshqa ohak pishirish xumdonlarini ham buzish rejalashtirilgan.








